Jahon

O'z qizini majburlab turmushga bermoqchi bo'lgan ota umrbodga qamalishi mumkin

U qizini boshqa davlatga olib ketgan.

O'z qizini majburlab turmushga bermoqchi bo'lgan ota umrbodga qamalishi mumkin

 

AQShda o‘z qizini o‘g‘irlab, mamlakatdan olib chiqib ketgan va uni 500 ming dollar evaziga turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytida xabar berildi.

 

Panjara ortidagi 50 yoshli Xolid Abug‘anim va uning 32 yoshli o‘g‘li Valid jabrlanuvchining otasi va akasi hisoblanadi. Tergov shuni ko'rsatdiki, ular Nyu-Yorkning Buffalo tumanida yashovchi qizni Yamanga majburlab olib borib, turmushga berishga harakat qilishgan. Hibsga olinganlar, agar u to‘ydan bosh tortsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Ota-bola nikoh uchun 500 ming dollar olishi kerak edi.

 

2021-yilning sentabrida ayol qarindoshlarining ruxsatisiz Meksikaga qochib ketgan. U topildi va kuch bilan AQShga olib kelindi. Ota uning harakatlari nazorat qilinishini, agar itoatsiz bo'lsa, uni "hovliga dafn etishini" aytdi. Ayol uyga qamalib, universitetdagi o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan va internetdan han mahrum bo‘lgan. Keyinchalik uning sevgan yigiti uzoq vaqt u bilan bog'lana olmagani uchun politsiyaga murojaat qildi.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanuvchining qarindoshlariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishgan, biroq ular hammasi joyida ekanini aytishgan. FQB tergovni faqat 2022-yil dekabr oyida boshlagan.

 

Tergov maʼlumotlariga koʻra, hozir ayol Yamanda qarindoshlari nazoratida. U nikohga rozi bo'lmadi. 2022-yil aprelida AQShga qaytgan Xolid va Valid Abug‘anim 17-fevral kuni hibsga olingan. Ular boshqa davlatda odam o‘g‘irlash maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Ushbu moddada umrbod qamoq jazosi ko'zda tutilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

O'z qizini majburlab turmushga bermoqchi bo'lgan ota umrbodga qamalishi mumkin | Zamon.uz