O'zbekiston

Samarqanddagi mehmonxona 7 mlrdlik elektrdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘ldi

Bu 85 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng.

Samarqanddagi mehmonxona 7 mlrdlik elektrdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘ldi

 

Samarqand shahrida mehmonxona tomonidan 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

O‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Samarqand shahrining So‘g‘diyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, tadbirkorlik subyektiga tegishli mehmonxonada yashirincha o‘rnatilgan o‘chirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi taʼsir ko‘rsatilgan. Isteʼmolchiga 16,9 mln kV⋅soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 7,6 mlrd so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

 

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

 

“Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqanddagi mehmonxona 7 mlrdlik elektrdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘ldi | Zamon.uz