Toshkentdagi masjidda o‘g‘rilik yuz berdi
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB maʼlumot berdi.
21 fevral kuni soat 12:50 larda 1979 yilda tug‘ilgan Sh.M. “Minor” masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998 yilda tug‘ilgan I.D.ga tegishli bo‘lgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini noqonuniy ravishda egallab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.








