YеI Suriyaga gumanitar yordamni osonlashtirish uchun qator sanksiyalarni yumshatdi
Bu tartib 6 oy davomida kuchda bo‘ladi. Bu gumanitar tashkilotlarga insonparvarlik yordamini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkonini beradi.

YеI davlatlari Suriyaga zilziladan keyin gumanitar yordam berishni osonlashtirish maqsadida sanksiyalarga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Shvetsiya vakillari maʼlum qildi.
“Vayronkor zilziladan keyin YеI aʼzo davlatlari Suriyada tabiiy ofatdan aziyat chekkanlarga tezroq gumanitar yordam yetkazib berilishi uchun sanksiyalarga o‘zgartirishlar kiritishga kelishib oldi”, – degan shved diplomatlari.
Yevroittifoq kengashida eʼlon qilingan press-relizda aytilishicha, cheklovlarni yumshatish natijasida gumanitar tashkilotlar “insonparvarlik maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlarni taqdim etish” uchun oldindan ruxsat so‘ramaydi. Bu choralar olti oy kuchda bo‘ladi.
YеI hozirgacha Suriyaga zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 5.5 million yevro ajratdi.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Suriyada 6 fevralda yuz bergan zilzila oqibatida 1.5 ming odam halok bo‘lgan.







