Makron va Sholts Zelenskiyga Rossiya bilan muzokara boshlashni maslahat berdi
Fransiya prezidenti ukrainalik hamkasbining "buyuk qo‘mondon" deya eʼtirof etgan, Zelenskiy ammo murakkab siyosiy qarorlar qabul qilish kerakligini aytgan.

Emmanuel Makron va Olaf Sholts Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Rossiya bilan muzokara boshlashni maslahat bergan. Fransiya va Germaniya yetakchilari bu haqda Parijda bo‘lgan uchrashuvida gapirgan, deb yozadi, The Wall Street Journal.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Yelisey saroyidagi kechki ovqat paytida Makron ashaddiy dushman bo‘lgan Fransiya va Germaniya ham Ikkinchi jahon urushidan keyin yarashganini eslatgan. Bundan tashqari, u Zelenskiyga "buyuk qo‘mondon" ekanini, ammo yakunda murakkab siyosiy qarorlar qabul qilish kerakligini aytgan.
Rossiya-Ukraina muzokaralari o‘tgan yili mart oyida to‘xtab qolgandi. Shundan keyin tomonlar tor doiradagi masalalar yuzasidan muloqot o‘tkazib turgan.
2022 yil kuzida Zelenskiy tinchlik shartlarini eʼlon qildi. Uning asosida Rossiya anneksiya qilgan barcha hududlardan chiqib ketishi masalasi yotadi. Kecha AQSH davlat kotibining o‘rinbosari Viktoriya Nuland aynan Zelenskiyning tinchlik rejasi Amerika tomonidan qabul qilinishini aytgandi.







