Rossiya Ukrainada yadro qurolini qo‘llaydimi?
Baydenning maslahatchisi bu bo‘yicha taxminlarini ochiqladi.

AQSH maʼmuriyati Rossiyaning Ukrainada taktik yadro qurolini qo‘llash ehtimoli past, deb hisoblaydi.
Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bir guruh ekspertlar bilan videomuloqotda aytib o‘tgan. Yopiq maslahatlashuvlar chog‘ida “Sallivan haqiqatda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yoki G‘arb ittifoqchilariga qarshi strategik yadro qurolini qo‘llashidan xavotir yo‘qligini aytdi”.
Amaldor, shuningdek, Jo Bayden shu hafta Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vashington Kiyevga qanday “kafolatlar” berishi mumkinligini muhokama qilganini aytdi.
Sallivan "bu kafolatlar Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishdan qaytarish uchun yetarlicha kuchli bo‘lishi kerak", deb hisoblaydi. U shuningdek, "urushni to‘xtatish va haqiqiy muzokaralar hali ko‘rinmaydi" degan fikrni bildirdi.







