Farg‘onada CEFR sertifikatini imtihonsiz olib beruvchilar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida xalqaro sertifikat olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.Sh. va boshqalar fuqaro J.I.ga ingliz tilini bilish darajasini beruvchi “CEFR C1” toifali xalqaro sertifikatni hech qanday imtihon topshirmasdan 1 500 AQSH dollari evaziga olib berishlarini aytib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








