Rossiya va Turkiya prezidentlari telefonlashdi
Putin Erdog‘onni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Telefon muloqoti chog‘ida Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uning Rossiya–Turkiya munosabatlari rivojiga qo‘shgan hissasini eʼtirof etgan. Shuningdek, ikki tomonlama kun tartibidagi ayrim dolzarb mavzularga to‘xtalib o‘tilgan.
“Siz haqli ravishda vatandoshlaringiz va xorijda yuksak obro‘-eʼtiborga egasiz. Mana shunday og‘ir davrda, Turkiya halokatli zilzilalarning ayanchli oqibatlarini yengib o‘tayotgan shunday keskin vaziyatda davlat arbobi va shaxs sifatidagi eng yaxshi fazilatlaringiz, jasoratingiz, o‘z vatandoshlaringiz oldidagi masʼuliyatni zimmangizga olishga qodirligingiz bilan ajralib turasiz. Aziz do‘stim, sizga chin dildan mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman”, — deyiladi Kreml saytida eʼlon qilingan tabrikda.








