Samarqandda 10 ming dollarlik “opiy” sotayotgan shaxs ushlandi
Holat bo‘yicha IIB maʼlumot berdi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan Urgut tumanida yashovchi fuqaro A.J. mahalliy fuqaroga 765,89 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








