Samarqanddan Ufaga uchgan samolyot ortiga qaytarildi
Uning bortida 87 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

“Azimut” aviakompaniyasining Samarqand — Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra “Samarqand” xalqaro aeroportiga qaytdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ngan.
“Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.








