Peru parranda grippi tufayli favqulodda holatni uzaytirdi
O‘tgan yildan beri mamlakatda 63 mingdan ortiq yovvoyi va uy qushlari xavfli virusdan nobud bo‘ldi.

O‘tgan yildan beri Peruda 63 mingdan ortiq yovvoyi va uy qushlari xavfli virusdan nobud bo‘ldi, deya xabar berdi «Xabar 24».
Bir kun oldin yuzlab otter va dengiz sherlari kasallangan. Lima departamenti plyajlarida o‘lik hayvonlar topildi. Favqulodda holat joriy yilning oxirigacha amal qiladi. Chunki rasmiylar virus butun mamlakat bo‘ylab tarqalishidan xavotir olmoqda.







