Jahon

Rossiya “Tolibon” bilan energetika sohasida hamkorlik qilmoqchi

Afg‘oniston RF, Pokiston va Eron bilan 1 milliard dollarlik investitsion loyihalarni amalga oshirmoqchi.

Rossiya “Tolibon” bilan energetika sohasida hamkorlik qilmoqchi

 

“Tolibon” va Rossiya 1 milliard dollarlik savdo ittifoqi tuzadi. Unga Eron va Pokiston ham qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda “Baza” Telegram-kanali maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, toliblar kompaniyalar konsorsiumini tuzgan. Ular investitsion reja ishlab chiqadi va energetika, infratuzilma hamda resurslarni qazib olish bilan shug‘ullanadi. Rossiyalik energetik kompaniya vakillari Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan uchrashgan. Ular o‘z loyihasi taqdimotini o‘tkazgani aytilmoqda.

 

Rossiya tomoni ham investor, ham pudratchi sifatida turli loyihalarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Masalan, Tatariston mutaxassislari mamlakatda ko‘mir elektrostansiyalari va ko‘mirdan neft mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodini quradi. Afg‘oniston isteʼmol qiladigan elektrining 30 foizinigina ishlab chiqaradi. Neft mahsulotlari to‘liq import qilinadi. Shu bilan birga bu yerda katta miqdorda ko‘mir qazib olinadi.

 

“Tolibon” ulkan rejalar tuzayotgani taʼkidlangan. Masalan, hukumat Salang dovoni orqali mamlakatning shimoliy va janubiy viloyatlarini bog‘lovchi yana bir tunnel qurishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, ular Kobul va Hirot o‘rtasidagi asosiy avtomobil yo‘lini tiklash niyatida. Bir vaqtning o‘zida xorijiy investorlarni yana-da ko‘proq jalb qilish uchun alohida iqtisodiy zonalar yaratish maqsad qilingani aytilmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya “Tolibon” bilan energetika sohasida hamkorlik qilmoqchi | Zamon.uz