Jahon

Putin 2024 yilgi saylovlarda qatnashadimi?

RF prezidentining matbuot kotibi bu masalaga oydinlik kiritdi.

Putin 2024 yilgi saylovlarda qatnashadimi?

 

Vladimir Putinda “saylovoldi kayfiyat” yo‘q. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

 

“Yilning ikkinchi yarmidan biz elektoral mavsumga kiramiz. Hozircha hech qanday elektoral yoki saylovoldi kayfiyat yo‘q — Putinning ishi ko‘p. Hozir u aniq bu haqda o‘ylamayapti”, – degan u “Isvestiya” gazetasiga bergan intervyusida.

 

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, RFning amaldagi rahbari hozircha nomzodini qo‘yish-qo‘ymaslik haqida gapirmadi. Shu bilan birga Kreml rasmiysi “maxsus harbiy operatsiya”ga qaramay, saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini aytgan.

 

2020 yilda Rossiya konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Vladimir Putin yana 2 marta o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi mumkin. O‘sha yili o‘tkazilgan referendumda uning muddatlari “nollashtirilgandi”.

 

21 fevral kuni RF prezidenti Federal majlisga murojaati paytida 2024 yilgi saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini eʼlon qildi.

 

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Putin 2024 yilgi saylovlarda qatnashadimi? | Zamon.uz