Kun fotosi: AQSH davlat kotibi Xazrati Imom majmuasida
Entoni Blinken amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Hazrati Imom majmuasiga bordi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
“O‘zbekistonning tarixi va madaniyatining ajoyib namunasi bo‘lgan Xastimomga kelish men uchun katta sharaf. AQSH O‘zbekiston bilan madaniy merosni saqlash sohasida hamkorlik qilayotgandan... faxrlanadi”, – deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSH bosh diplomati Toshkentga kelgandi. U tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazgan, shuningdek, bugun Prezident tomonidan qabul qilinadi.







