O'zbekiston

Sobiq MXX binosi o‘rnida mehmonxona quriladi

U 22 qavat bo‘lishi rejalashtirilgan.

Sobiq MXX binosi o‘rnida mehmonxona quriladi

 

Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MCHJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasiga tayanib, Darakchi.uz nashri yozmoqda.

 

Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh ko‘chasidagi sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o‘rnida joylashadi.

 

Yangi mehmonxona kompleksi yaxlit meʼmoriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo‘lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo‘lib, unda 27 ming kvadrat metr maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan, prezident lyuks xonalarini taklif etadi.

 

Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko‘p qavatli yerosti avtoturargohni o‘z ichiga oladi.

 

custom img

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e'lon qilindi

Yomgʻir suvlari baʼzi hududlarda suv toshishiga olib kelishi mumkin.

custom img

Andijonda 5 kishi ayolni samosud qilib, sochini olib tashladi

Samosud qilgan shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

IJQKD katta tezkor vakili 85 million so‘m pora bilan qo‘lga olindi

Katta tezkor vakil tadbirkorga elektron doskalarni davlat maktabiga tannarxidan qimmatga sotib berishni va’da qilgan.

custom img

Rossiyada Telegramni bloklash boshlandi

Rossiyaning turli hududlaridan messenjerning ishlamayotgani yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

custom img

Farg‘onada soliqdan qarzdor korxonalar binolari xatlanmoqda

Xususan, Rishtonda 1,6 mlrd so‘m soliq qarzi uchun bino-inshootlar xatlangan.

custom img

O‘zbekistonda sun’iy intellektni yaratish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Mazkur etika qoidalari sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha tamoyillar va talablarni, shuningdek sun’iy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

custom img

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Xodim “Beruniy-To‘rtko‘l” magistral yo‘l qurilishi loyihasining bir qismini olib berish uchun tadbirkordan 10 ming dollar talab qilgan.

custom img

O‘zbekistonda 1765 ta masjidda Qur’on xatmonalari bo‘ladi

27 kun davomida o‘qilgan Qur’oni karim 16-mart kuni xatm qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sobiq MXX binosi o‘rnida mehmonxona quriladi