O'zbekiston

Toshkentda 61 yoshli erkak o‘z ulfatini pichoqlab qo‘ydi

Hozirda u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Toshkentda 61 yoshli erkak o‘z ulfatini pichoqlab qo‘ydi

 

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 61 yoshli erkak o‘z ulfatini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, voqea 25 fevral kuni soat 23:00 larda Yashnobod tumani Qorasu ko‘chasida yashovchi 61 yoshli Sh.I.ning yashash xonadonida yuz bergan. U tanishi — 45 yoshli P.V. bilan birga kechki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. p.v. tanishi Sh.I.ni har xil haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanida, Sh.I. ulfatiga uni o‘zini uyida haqorat qilmasligini aytib, jahl ustida stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan bir marotaba chap ko‘krak qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

 

Natijada P.V. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 61 yoshli erkak o‘z ulfatini pichoqlab qo‘ydi | Zamon.uz