Abdulla Aripov Germaniyaga bordi
Bosh vazir boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 1 mart, chorshanba kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat Savdo-sanoat palatalari ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumida ishtirok etdi.Shuningdek, tadbirda rasmiylardan tashqari kompaniyalar rahbarlari hamda 400 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ham qatnashgan.
Qayd etilishicha, bugun, 2 mart kuni Gamburgda «O‘zbekiston iqtisodiyoti kuni» bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov taqdimot qiladi.







