Rossiya Ugledardagi tanklar jangida mag‘lubiyatga uchradi
Bunga tajribasizlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya Donetsk janubi-g‘arbidagi Ugledar yaqinida mag‘lubiyatga uchradi. Tanklar jangi 3 kun davom etgan. Bu haqda New York Times xabar qildi.
Kiyev maʼlumotiga ko‘ra, bu jangda Rossiya 130ta tank va bronetransporterlarini yo‘qotgan. Gazetaning yozishicha, rus armiyasining mag‘lubiyatiga tajriba yetishmasligi sabab bo‘ldi. Tanklar yaqinda mobilizatsiya qilingan askarlar boshqaruviga berilgan.
Moskva bu xabarni izohlamadi.
Ayni paytda Ugledar vayronaga aylangan.







