AQSHda boulingga ketayotgan ayollar yo‘lda adashib, 5 kun qorda qolib ketdi
Ular yonilg‘i tugaguncha mashinada isinishgan.

Amerikaning Men shtatidagi Viskasset shahri ikki nafar fuqarosi Boulingga ketayotib, yo‘lda adashib qoldi va mashinada besh kunni o‘tkazdi.
51 yoshli Kimberli Pushard va 50 yoshli Anjela Bussel bouling o‘ynash uchun Janubiy Portlenddagi savdo markaziga ketayotgandi. Shahardan bir soat uzoqlikdagi savdo markaziga borish o‘rniga ular Massachusetsga ketib qolishgan.
Tunda ayollarning qarindoshlari ularning g‘oyib bo‘lgani haqida politsiyaga xabar bergan. Pushardning telefoni oxirgi marta Nyu-Xempshir shtatining Kandiya shahri yaqinida ishlagani aniqlangan va politsiya havodan qidiruvni boshlagan. Politsiya havodan qidiruv uyushtirdi. Bu vaqtda esa ular -15 daraja sovuqda omon qolish uchun yonilg‘i tugaguncha mashinada isinishgan.
5 kundan keyin ularni politsiya emas, ovchi topdi. U mashina izlari ortidan borgan. Ayollardan biri muzlab qolgani uchun kasalxonaga olib ketilgan.








