O'zbekiston

Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

YHXX harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

 

Ertaga, 5 mart kuni Toshkent shahrida ayrim ko‘chalar 5 soatga yopiladi. Bu haqda IIV YHXX xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 5 mart kuni “Xavfsiz hayot uchun” aksiya doirasida velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkaziladi.  Shu munosabat bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha ayrim ko‘chalar avtotransportlar harakati uchun yopiladi.

 

Ular quyidagilar:

 

— Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;

— Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;

— Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

— Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;

— Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorraxasigacha.

 

Shuningdek, bugun, 4 mart kuni soat 18:00 dan 05 mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha harakat cheklanadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi | Zamon.uz