O'zbekiston

Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?

Mutaxassis fikricha, agar bu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tishlar yemirilishi, tezda chirishi, nutqiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?

 

Ba’zi bolalar tungi uyquda tez-tez tishlarini g‘ichirlatadi. Ko‘pchilik ota-onalar bundan tashvishga tushsa-da, shifokorga borishga doim ham shoshilmaydi. Xo‘sh, bu qanchalik xavfli? Ushbu holatga qanday omillar sabab bo‘ladi?

 

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedovaning aytishicha, tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi. Odatda u juda qisqa vaqt, ya’ni 10-15 soniya davom etadi. Bola o‘smir yoshga yetgach, bu holat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. O‘smirlar va kattalarda esa tish g‘ichirlatish deyarli uchramaydi. 

 

Bruksizm bola organizmida sodir bo‘ladigan ayrim jarayonlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Xususan, chaqaloqlarda tish chiqishi, kuchli asabiylik, burun bitishi, tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi, mavsumiy allergik xastaliklar, O‘RVI, gripp kabi nafas olish yo‘llari infeksiyalari, vitamin va minerallar yetishmasligi, maktab yoshidagi bolalarda dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish bruksizmga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Ko‘pchilik ota-onalar farzandi organizmidagi turli parazitlarni tish g‘ichirlatish sababi deb o‘ylaydi. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ularning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.

 

Tunda tishlarini g‘ichirlatadigan bolalarda ko‘pincha bosh og‘rig‘i, lohaslik, uyquchanlik, injiqlik va yig‘loqilik, notinch uyqu, quloqlar bitishi kabi salbiy alomatlar kuzatiladi. Agar bu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tishlar yemirilishi, tezda chirishi, nutqiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.

 

“Shu sababli bolani kechiktirmay pediatr yoki stomatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar bruksizm stress yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida kelib chiqayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevropatolog maslahati zarur bo‘ladi”, — deydi mutaxassis.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi? | Zamon.uz