Farhod Mannonovni operatsiya qilganlar qamoqqa olindimi?
Bu bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Farhod Mannonovning o‘limi ortidan uni operatsiya qilgan shifokorlar ushlangani va qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli Farxod Mannapov (Mittivine) o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“F.Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi xabarda.








