Boris Jonson otasini ritsarlikka tavsiya qildi
Sobiq bosh vazirda shunday huquq bor.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson otasi Stenli Jonsonni ritsarlikka nomzod qilib ko‘rsatdi.
U sobiq hukumat rahbari maqomi tufayli bunday huquqqa ega.Siyosatchi jami 100 ga yaqin ismlar ro‘yxatini tuzgan, ular orasida 82 yoshli otasi ham bor. Sobiq bosh vazirning ro‘yxatida 2016-2019-yillarda bosh vazir bo‘lib ishlagan Tereza Mey va hukumatning yana bir sobiq rahbari Devid Kemeron ham bor.
Boris Jonsonning otasi ham siyosatchi, 1979-yildan 1984-yilgacha u Yevropa parlamenti deputati bo‘lgan. U yozuvchi sifatida ham mashhur. Stenli Jonson ekologiya masalalariga bag‘ishlangan bir qator kitoblar va to‘qqizta roman nashr etgan. O‘tgan yili Katta Jonson Fransiya fuqaroligini oldi.







