O'zbekiston

Tanzila Narbayeva Qatar davlati Sho‘ro Kengashi Raisi bilan uchrashdi

Muloqotda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash hamda tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligi muhokama qilindi.

Tanzila Narbayeva Qatar davlati Sho‘ro Kengashi Raisi bilan uchrashdi

 

BMTning kam rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha yuqori darajadagi 5-konferensiyasida ishtirok etish uchun Qatarda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ushbu davlat Sho‘ro Kengashi (Maslahatlashuv kengashi) Raisi Xasan bin Abdulla al-G‘anim bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston – Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash hamda tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligi muhokama qilindi.

 

Suhbat davomida ayni paytda parlamentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki mamlakat salohiyatiga javob bermasligi, uni mustahkamlashda hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlab o‘tildi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, uchrashuv chog‘ida qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Delegatsiyalar almashinuvi orqali parlamentlar, qo‘mitalar va do‘stlik guruhlari rahbarlari darajasida muloqotni faollashtirish, parlamentlararo tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni mustahkamlash, harakatlarni muvofiqlashtirish xamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish shular jumlasidandir.

 

Shuningdek, turli sohalardagi hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hujjatlarni ratifikatsiya qilishni jadallashtirish bo‘yicha muloqotlar izchilligini taʼminlash va ularning birgalikdagi monitoringini olib borish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

"Biz Qatar parlamenti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri deb, hisoblaymiz. Parlamentlararo muloqotimizni faollashtirishda “do‘stlik guruhlari” muhim o‘rin egallaydi. Qatar Maslahat Kengashida 2022 yil mart oyida “Qatar-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi taʼsis etilganini mamnuniyat bilan qabul qildik. Do‘stlik guruhlarimiz o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish tarafdorimiz", — deya taʼkidladi Senat Raisi.

 

O‘z navbatida Xasan bin Abdulla al-G‘anim O‘zbekiston tarixan islom sivilizatsiyasiga nihoyatda katta hissa qo‘shgan buyuk allomalar yurti ekanligini alohida eʼtirof etib, Qatar uchun O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli har tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. Bu borada ikkala davlatning mushtarak saʼi-harakatlarini birlashtirishda parlamentlararo aloqalarni yangi darajada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.

 

Konstruktiv va amaliy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Qatar hamkorligining boshqa yo‘nalishlari, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya hamda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokamalar markazida bo‘ldi. Qatar tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantiish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. 

 

Maʼlumot uchun: 2022 yil yakuniga ko‘ra mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4,8 mln dollarni tashkil qilgan.  

 

Uchrashuv yakunida Senat Raisi Qatar davlati Sho‘ro Kengashi Raisini O‘zbekistonga tashrif qilishga taklif qildi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.