“Tolibon” yangi o‘quv yilida ham qizlarni maktablarga yo‘latmoqchi emas
YеIning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bu bo‘yicha toliblar bilan muloqotni ochiqladi.

“Tolibon” yangi o‘quv yilida qizlar uchun maktab ochishga vaʼda bermadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning bilim olishi Bryussel uchun prinsipial masala.
Diplomat, shuningdek, siyosiy muloqotda oldinga siljish yo‘qligini taʼkidladi - Yevropa Ittifoqi buni faqat diaspora va ko‘p tomonlama guruhlarning ishtirokida ko‘radi, chunki muxolifat tomonida turli siyosiy kuchlar to‘plangan.
Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi toliblarga qarshi qurolli muxolifatni hech qanday tarzda – hatto siyosiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlamasligi taʼkidlangan.







