Ukrainani minalardan tozalash uchun yarim asrdan ortiq vaqt kerak
Mamlakat iqtisodiyot vaziri Kiyevning yakka o‘zi bu ishning uddasidan chiqa olmasligini taʼkidladi.

Ukrainani minalardan tozalash uchun 70 yil kerak. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev bu masalada xorijiy davlatlar yordamiga muhtoj. Gap texnologik, moliyaviy va tashkiliy ko‘mak masalasida ketmoqda.
Vazir bu ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida “Ramshtayn” formatining muqobil varianti kerakligini ham taʼkidlagan.







