Urush Ukraina ekologiyasiga qancha zarar keltirdi?
Mamlakat ekologiya vaziri bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

Urush oqibatida Ukraina ekologiyasiga 3 trillion griven (76 milliard dollar) zarar yetkazildi. Bu haqda mamlakat atrof-muhitni himoya qilish va ekologiya vaziri Ruslan Streles maʼlum qildi.
"Biz allaqachon hisoblab chiqdik, 3 trillion grivenlik ekologik zarar — tuproq, havoning ifloslanishi, o‘rmonlar yondirilishi, yo‘q qilingan tabiiy resurslar... Deyarli 3 million gektar o‘rmonga zarar yetkazildi — bu butun Ukraina o‘rmon qoplamasining 1/3 qismini tashkil etadi. 500 ming gektari okkupatsiya yoki harbiy harakatlar hududida joylashgan", — degan Lvovdagi United for Justice konferensiyasida.
Ukraina hukumati Rossiyani ekosidda ayblab kelmoqda. Jangovar harakatlar natijasida atrof-muhitga katta zarar yetkazilgan.







