Jahon

AQSH global qarama-qarshilikka tayyormi?

Xalqaro vaziyat keskinlashgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar ikki frontda kurash olib borishi mumkin.

AQSH global qarama-qarshilikka tayyormi?

 

AQSH Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshilikka tayyor emas. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

 

Gazetaning qayd etishicha, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar yetarli darajada o‘q-dori va qurol ishlab chiqarmayapti. Bu samarali tiyib turish uchun o‘ta muhim omil hisoblanadi. Buyuk davlatlarning yangi qarama-qarshiligi davri boshlangani haqida ko‘p gapirilayotgan bo‘lsa-da, qator omillar Vashingtonning tez munosabat bildirishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bu omillar qatoriga AQSHdagi ichki ziddiyatlar, Xitoy tahdidiga bo‘lgan turlicha qarashlar va joriy muammolarga ko‘p eʼtibor qaratish kabilar kiradi.

 

Bundan tashqari, Amerika oxirgi o‘n yillikda Yaqin Sharqda isyonchi va terrorchi guruhlarga qarshi kurash olib bordi. Shu yillar davomida suvosti kemalari va raketalar ishlab chiqarish qisqargan. Shtab mashg‘ulotlarida aniqlanishicha, Tayvan mojarosida AQSHning uzoq masofaga uchadigan raketalari zaxirasi bir haftada tugaydi. Qo‘shma Shtatlar tovush tezligida uchadigan qurollarni ishlab chiqarishda ham Moskva va Pekindan orqada. Shuningdek, harbiy xizmatning jozibadorligi pasaygan. Qurolli kuchlarda yildan-yilga ko‘ngillilar yetishmayapti.

 

Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, xalqaro vaziyat keskinlashgan taqdirda AQSH ikki frontda — Rossiya va Xitoyga qarshi harakatlarni olib borishi kerak. Harbiy harakatlarning ehtimoliy nuqtalaridan biri sifatida Arktika mintaqasi ko‘rsatilmoqda. Bu yerda Vashington Moskvadan ortda qolayotgani qayd etilgan.

 

The Wall Street Journal 2030 yilga kelibgina AQSH Rossiya va Xitoyni texnologiyalar bo‘yicha ortda qoldirishini taʼkidlagan. Shu bilan birga XXR bilan Tayvan tufayli to‘qnashuv bundan oldin sodir bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

 

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSH global qarama-qarshilikka tayyormi? | Zamon.uz