Dunyodagi eng katta vodorodli samolyot parvoz qildi — video
Havo layneri 40 o‘rindiqdan iborat.

Vodorod bilan ishlaydigan dunyodagi eng katta samolyot muvaffaqiyatli parvoz qildi.
Bu aviatsiya sanoati rivojidagi katta yutuq bo‘lib, samolyot 15 daqiqa davomida parvoz qilib, dengiz sathidan 1 km balandlikka ko‘tarilgan.
Havo layneri 40 o‘rindiqdan iborat.
"Startup Universal Hydrogen" kompaniyasi ATR-72 samolyotidagi ikkita gaz turbinali dvigatelidan birini vodorod bilan ishlaydigan elektr motoriga almashtirish orqali muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini aytdi. Ushbu o‘zgarish bilan uchuvchi samolyotning anʼanaviy dvigatelidan foydalanishni minimallashtirishga muvaffaq bo‘ldi.







