O'zbekiston

Sizlardan bir umr qarzdormiz—Shavkat Mirziyoyev

Prezident ayollarni bayram bilan tabrikladi.

Sizlardan bir umr qarzdormiz—Shavkat Mirziyoyev

 

Xalqaro kongress markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MIrziyoyev ishtirok etib, ayollarga tabrik yo‘lladi.

 

“Bugun har birimiz cheksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz shaʼniga eng go‘zal so‘zlarni aytishimiz tabiiydir. Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz”, – dedi davlat rahbari.

 

Bugungi kunda tibbiyotda ayollarning ulushi– 77 foizni, taʼlim sohasida – 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni tashkil etmoqda. 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda.

 

Agar 2017 yilda xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 27 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan 37 foizga yetgan.

 

Xalq oldidagi munosib xizmatlari uchun ayollardan 17 nafari eng oliy mukofot – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlar orasida 5 nafar akademik, oliy taʼlim muassasalarining o‘zida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, shuningdek, faxriy unvonlarga sazovor bo‘lganlar bor.

 

Mamlakatda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda o‘tgan yili 872 mingdan ortiq xotin-qizlarning bandligi taʼminlangani, 250 mingdan ziyodi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitilgani qayd etildi.

 

O‘tgan yili 14 mingga yaqin ayolning uy-joy sharoiti yaxshilangan. “Ayollar daftari” doirasida salkam 642 ming nafar xotin-qizga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

 

Prezident qizlarning sifatli taʼlim olishiga to‘xtalar ekan, jadid Abdurauf Fitratning “Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir” degan so‘zlarini yodga oldi.

 

So‘nggi yillarda bu boradagi sharoitlar izchil kengaytirildi. Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 500 ming nafarni tashkil etmoqda.

 

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti ajratildi. Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlar oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi.

 

“Qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dardu tashvishlari turadi. Siz, azizlarimning oila davrasida tinch-omon, sog‘-salomat, farovon va baxtli turmush kechirishingiz, jamiyat hayotida faol ishtirok etishingiz uchun xizmat qilishni men o‘zim uchun nafaqat asosiy vazifa, balki sharafli burch, deb bilaman. Chunki oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi”, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 martdagi farmoniga muvofiq bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan, Prezident qaroriga binoan esa 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

 

Mamlakatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar xodimlari fayzli dasturxon atrofida bayramni nishonladi.

 

Shodiyonada chet ellik diplomat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ham ishtirok etdi. Davlat rahbari ularni ham samimiy tabrikladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sizlardan bir umr qarzdormiz—Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz