Turkiya zilziladan 100 mlrd zarar ko‘rdi
Avvalroq Jahon Banki buni 34,2 mlrd dollarga baholagandi.

Turkiyaning zilziladan ko‘rilgan zarar miqdori 100 milliard dollardan oshdi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi vakili Luiza Vinton maʼlumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan va xalqaro hamkorlar tomonidan tasdiqlangan bugungi hisob-kitoblardir. Aniqlik kiritilishicha, gap Suriyadagi vayronagarchilikni hisobga olmagan holda faqat Turkiyadagi zarar haqida ketmoqda.
Avvalroq BBC Jahon banki zilziladan ko‘rilgan zarar miqdorini 34,2 mlrd dollarga baholagani haqida yozgandi.








