Davlat xizmatchilarida qaysi kasallik ko‘proq uchraydi?
Salkam 6 ming xodimning tibbiy ko‘rik natijalari maʼlum qilindi.

Hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, xodimlarda ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlangan.
“Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi”, — deyiladi xabarda.








