O'zbekiston

“Ilik uzildi” payti qanday taomlanish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

“Ilik uzildi” payti qanday taomlanish kerak?

 

O‘zbekistonda qish tugab, iliq bahor fasli boshlandi. Ayni shu pallada ko‘pchilik insonlarda holsizlik va ruhiy toliqish kuzatiladi. Xo‘sh, bu nima bog‘liq? Uning oldini olish uchun qanday yo‘l tutish lozim?

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nutritsiologi Guli Shayxovaning maʼlum qilishicha, fasllar almashinuvi davri, xususan, kuzdan qishga, qishdan bahorga o‘tayotgan payt aksariyat kishilarda bunday holat ko‘p uchraydi. Bu esa organizmda moddalar almashinuvi tezlashishi va vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi bilan bog‘liq.

 

Yaʼni, avitaminoz (vitaminlar yetishmasligi) sababli inson ertalab uyqudan turishni istamaydi. Ko‘pchilikni lanjlik, uyquchanlik, diqqat-eʼtiborning susayishi, ruhiy toliqish, tushkunlik va bosh og‘rig‘i qiynaydi.

 

Baʼzi kishilarda esa yuz-qo‘l terisi qurib, yoriladi. Ko‘z tagida ko‘kimtir izlar paydo bo‘ladi, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Soch to‘kilib, tirnoqlar mo‘rtlashadi. Shu bois bu davrda vitaminlar, minerallar, ozuqali moddalar va o‘simlik tolalariga boy oziq-ovqatlar tanovul qilish, ichaklar faoliyatini yaxshilash uchun toza suv ichish lozim.

 

Qolaversa, bahor fasli ko‘katli taomlar, sabzavotlar isteʼmol qilish maqsadga muvofiq. Chunki ular tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan S vitamini, ozuqa tolalari, bioflavonoidlar, antioksidantlar mavjud. Ayniqsa, ismaloq, yalpiz, mador, otquloq, jag‘-jag‘ kabi giyohlardan tayyorlangan taomlar tanada moddalar almashinuvi va oshqozon-ichak tizimini yaxshilaydi.

 

Shuningdek, qishda zaiflashgan organizm A, v, D va E vitaminlariga muhtoj bo‘lgani sababli ularning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘liq donli undan tayyorlangan non, yong‘oq, go‘sht, baliq, qaymoq, tvorog, yong‘oq, mayiz, bodom va asal yeyish kerak. Tushlik va kechki ovqatda esa ko‘proq yog‘siz va tez hazm bo‘luvchi ovqatlar isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

 

Aksincha bahorda sitrus mevalarni ko‘p yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki tabiat uyg‘onishi, daraxtlarning gullashi allergiyaga moyil kishilarda kasallikni qo‘zg‘ashi mumkin. Shuningdek, soch, qo‘l-oyoq va yuz parvarishiga eʼtibor qaratish, teri kasalliklari hamda allergiyaga moyil insonlar shifokor nazoratida kerakli muolajalarni olishi lozim.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ilik uzildi” payti qanday taomlanish kerak? | Zamon.uz