«O‘zgidromet» 9-mart uchun ob-havo prognozini maʼlum qildi
Bugun respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» 9-mart kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.








