Shveysariyalik bankirlar Putinning yaqin do‘stiga yordam berishda ayblanmoqda
Prokuratura xulosasiga ko‘ra, ular millionlab frank pullarning manbasini aniqlamagan.

4 nafar shveysariyalik bankir Vladimir Putinning yaqin do‘sti sifatida ko‘riladigan bastakor Sergey Rolduginga yordam berishla ayblanmoqda.
Shveysariya prokuraturasi maʼlumotlariga ko‘ra, Syurixda ishlagan 3 nafar rossiyalik va 1 nafar shveysariyalik Roldugin xisobraqamida paydo bo‘lgan millionlab frank pullarning benefitsiarini aniqlashda yetarlicha harakat qilmagan.
“Vladimir Putinning rasmiy daromadi katta yemasligi hammaga maʼlum. Aslida esa u juda katta aktivlarga egalik qiladi va ular prezidentga yaqin odamlar tomonidan boshqariladi”, — deyiladi Reuters agentligi tanishgan hujjatlarda.
Sergey Roldugin 2014 yilda Gazprombankning Shveysariyadagi filialida hisobraqami ochgan. Keyingi 2 yil davomida u orqali millionlab frank pul o‘tgan. Shu bilan birga bank bu mablag‘ning manbasini surishtirmagan.
Rossiyalik musiqachi Shveysariya sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Cheklovlar bo‘yicha rasmiy hujjatda u “Putinning hamyoni” deb qayd etilgan.








