Toshkentda rossiyalik jurnalist o‘lik holda topildi
Holat bo‘yicha Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Rossiyaning “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev 36 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnal Telegram kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nechayev Toshkent shahridagi kvartiralarning birida o‘lik holda topilgan. Uning do‘sti jurnalist bilan oxirgi marta 4 mart kuni bog‘langan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Aleksandr Nechayev vafot etganligi yuzasidan Mirzo-Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini bildirdi.
“O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi”, — deyiladi xabarda








