Jahon

Ukraina katta hujumga tayyorlanmoqda

General Zalujniy 60 kishilik 3 ta armiya korpusini tuzishni va yirik qarshi hujumga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Ukraina katta hujumga tayyorlanmoqda

 

Ukraina katta hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. So‘nggi 3 oyda Pentagon urush boshidan buyon ko‘rsatgan harbiy yordamining 40 foizi mamlakatga yetib keldi.

 

Ko‘makning keskin o‘sishi 2023 yil yanvarida kuzatildi. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga ko‘ra, yetkazib berilgan qurol va texnika 6 brigadadan iborat 3 ta korpusni shakllantirishga yetadi. Jami 60 ming kishilik bo‘linmalar tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

 

“Barchaning eʼtibori sharqdagi Baxmut shahriga qaratilgan bir vaqtda tez orada eʼtibor markaziga kutilayotgan qarshi hujum tushadi. U aprelda boshlanishi mumkin”, – deyiladi The Economist materialida.

 

OAV burilish nuqtasi sifatida 20 yanvarni ko‘rsatgan. Shu kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha muloqot guruhining 8-yig‘ilishida Kiyevga mart oxirigacha qurol yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olingandi.

 

Yanvar oyida Baxmutga hujum kuchaytirildi. Rossiya qo‘mondonligi bu orqali Ukraina zaxiralarini shu yerga jalb qilishga harakat qilgan. Lekin general Zalujniy qopqonga tushmadi va rezerv qismlarni tayyorgarlikdan o‘tish uchun G‘arbga jo‘natdi.

 

Shu bilan birga, bahorgi hujum natijalari qanday bo‘lishi nomaʼlum — ukrain armiyasining katta qismini hamon tajribasi kam askarlar tashkil etadi. Bundan tashqari, o‘q-dori yetishmovchiligi bor. Ammo nashrning qayd etishicha, Rossiya armiyasi ham “ayanchi ahvolda”. Agar ruslar frontlardan birida hujum boshlaydigan bo‘lsa, rezervlar cho‘zilib ketadi. Bu mudofaa chizig‘ida bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ukrainaliklar esa bu vaziyatdan ustalik bilan foydalanishi mumkin.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Ukraina katta hujumga tayyorlanmoqda | Zamon.uz