Viruslarni aniqlovchi universal test yaratildi
Tadqiqotchilarning aytishicha, u virusning avj olishiga to‘siq bo‘la oladi.

Rossiyalik olimlar tomonidan bir martalik tekshiruv orqali bemorlarning aynan qaysi turdagi virus bilan kasallanganini aniqlovchi test tizimi yaratildi. Ushbu yangi metodika maʼlumotlar bazasiga kiritilgan barcha patogenlar uchun mos keladi.
Test tahlilini o‘tkazish uchun bir necha daqiqa kifoya. Bu vaqtda spektrometr zarur maʼlumotlarni to‘plab, ularni xastalik mavjud yoki yo‘qligini aniqlaydigan kompyuterga yo‘naltiradi. Shundan so‘ng maxsus dastur virus turiga aniqlik kiritadi.
Tadqiqot mualliflaridan biri Vladimir Vitkin xulosasiga ko‘ra, yangi tizim virusning avj olishiga to‘siq bo‘la oladi. Masalan, u aholi gavjum joylarga o‘rnatilsa, odamlar test topshirib, bir necha daqiqada uning javobini olishlari mumkin.








