11 mart O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va sel-toshqin hodisalari bo‘lishi mumkin.

«O‘zgidromet» 11 mart kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havoo‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.








