AQSH senatori: Rossiya Amerikadan yadro qurollari bo‘yicha oldinda
Shuningdek, Xitoy tahdidi orti borayotgani ham taʼkidlandi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari zamonaviy rus strategik qurollaridan, jumladan «Poseydon» yadroviy torpedalaridan himoya qilish vositalariga ega emas. Bu haqda AQSH senatori Rojer Uiker Kongress Senatining Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi tinglovda aytib o‘tdi.
"Rossiya AQSHga jiddiy yadroviy tahdid solishida davom etmoqda. Moskva bizdan ko‘ra kattaroq va rivojlangan yadroviy arsenalga ega. U qisqa muddatda qo‘shimcha yadro qurollarini ham yaratishi mumkin", — dedi u.
Uikerning qo‘shimcha qilishicha, "Rossiya misli ko‘rilmagan yadro qurollari, jumladan, okeanni kesib o‘tishga qodir yadroviy torpedalar, shuningdek, qitʼalararo ballistik raketalarni ishlab chiqdi".
Senator, shuningdek, Xitoydan AQSH uchun xavf ortib borayotganini qayd etdi. "Pekin o‘zining yadroviy kuchlarini aql bovar qilmaydigan tezlikda modernizatsiya qilmoqda va kengaytirmoqda. 2030 yillar boshida u AQSHdan o‘zib ketishi mumkin", — deb qayd etgan siyosatchi.







