Bu yil chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirishga 10 trln so‘m ajratiladi
Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i ma’lum qildi.

Tabiiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida respublikadagi yirik chorvachilikka ixtisoslashgan 46 ta xo‘jalikda biogaz va biogomus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash uchun 483 ming gektar maydonga ozuqa ekinlari ekiladi.
Paxta va g‘alla yetishtiruvchi sub’yektlar tomonidan sug‘oriladigan yer maydonining 10 foiziga ya’ni 206 ming gektar yer maydoniga almashlab beda ekish yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy davlatlardan 23 ming bosh naslli qoramol va 105 ming bosh naslli qo‘y-echkilar import qilindi.







