Rim Papasi: Ukrainada barcha imperiyalarning manfaatlari to‘qnashgan
Fransisk Vladimir Putin bilan gaplashishga tayyorligini bildirdi.

Rim papasi Fransisk Rossiya prezidenti Vladimir putni bilan uchrashishga tayyor ekanini taʼkidladi.
“U ziyoli odam. Mojaroning ikkinchi kunida men Rossiya elchixonasiga kelib, Moskvaga borishga tayyor ekanligimni aytdim va Putindan men bilan uchrashishni so‘radim. Lavrov menga rahmat aytdi, lekin hozir buning vaqti emasligini aytgan. Putin mening tayyor ekanligimni biladi,” - deya xulosa qildi Rim papasi.
Fransisk Ukrainadagi mojaroni "uchinchi jahon urushi" deb atadi va avvalgi ikki urush kabi bu urush ham asta-sekin avj olishini qo‘shimcha qildi. Shu munosabat bilan Pontifik qurol sanoati vakillarining manfaatlariga eʼtibor qaratishga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada barcha buyuk davlatlarning manfaatlari to‘qnashgan.
“Bu bozor. Urush davom etmoqda, eski qurollar sotilmoqda, yangilari sinovdan o‘tkazilmoqda”, - deydi Papa.
Katolik cherkovi rahbari muntazam ravishda Ukrainadagi hozirgi mojaro haqida bayonotlar berib turadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Fransisk 2023-yilda Moskva, Sankt-Peterburg va Donbassga tashrif buyurishni rejalashtirgan.







