O'zbekiston

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi

Erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi

 

Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.

 

Rossiyada 5 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi. Uning jasadi 30 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumanidagi yaqinlariga topishirildi. 

 

Marhumning onasi o‘g‘lining ismi Faxriddin ekanini maʼlum qildi. Ota-ona ajrashgani sababli u yoshlikdanoq ishga chiqqan. Uning qo‘lidan ko‘p ish kelgan, payvandchi bo‘lib ishlagan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, daromadi ham yaxshi bo‘lgan.

 

Ancha yillar oldin do‘stlarining taklifiga ko‘ra u Moskvaga ishlash uchun ketgan. Vaqti-vaqti bilan uyga kelib turgan. 2008 yilda uylangan, bir nafar qiz farzand ko‘rgan. Qizi bir yoshga to‘lganda Faxriddin farzandini buvisi qaramog‘iga tashlab, xotini bilan yana Rossiyaga ishlashga ketgan.

 

Keyinroq Faxriddinning buyragi og‘rib, ular O‘zbekistonga qaytgan. 2019 yilda u yana Moskvaga ketgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan uy taʼmiri uchun pul jo‘natib turgan.

 

O‘sha yilning dekabr oyida boshqa chet ellik ishchilar bilan mojaro tufayli u 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

Qarindoshlariga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib turgan, lekin 2022 yil oxirida ular bilan aloqa uzilib, ikki-uch oy davomida daragi bo‘lmagan. Yanvar oyida ularga Faxriddin vafot etgani haqida xabar berishgan.

 

Uning singlisi ham turmush o‘rtog‘i bilan Rossiyada ishlaydi, u akasi Ukrainaga ketishi haqida xabar berganini aytdi. Akasi bir-ikki oy davomida shartnoma asosida ishlashga ketishini aytgan va bu haqda onasiga aytmaslikni so‘ragan. Mart oyida O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan. Ukrainaga o‘z ixtiyori bilan yuborilganmi yoki majburlov ostidami — yaqinlari bu haqda bilmaydi.

 

Faxriddinning tanishlarining maʼlum qilishicha, u ishlayotgan joyga snaryad kelib tushgan. Ukasining aytishicha, og‘ir jarohat olib, tanib bo‘lmas holga kelib qolgan. U akasini faqat boshining orqa qismidagi chandiqdan tanib olganini bildirdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi | Zamon.uz