Jahon

Rossiyadan YеIdagi so‘nggi hamkori ham yuz o‘girmoqchi

Vengriya Moskva bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishini maʼlum qildi.

Rossiyadan YеIdagi so‘nggi hamkori ham yuz o‘girmoqchi

 

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishini istisno etmadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “geosiyosiy o‘zgarishlar” fonida Moskva bilan tashqi siyosat va iqtisodiy aloqalar qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu bilan birga bosh vazir Ukraina nizosidan keyin Rossiya-Yevropa munosabatlarini qayta tiklash zarurligini aytgan, ammo bu “reallikdan uzoq”.

 

“Aynan shuning uchun Vengriya Rossiya bilan keyingi 10-15 yildagi tashqi siyosat va iqtisodiyot sohasida qanday aloqa qilishimizni yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak”, – degan Janob Orban.

 

Vengriya hukumati rahbari Moskva bilan aloqalarni saqlab qolishdan manfaatdor ekanini qo‘shimcha qilgan.

 

Ukraina mojarosidan keyin Vengriya RF bilan nisbatan yaxshi aloqalarni saqlab qolayotgan Yevropaning yagona davlati bo‘lib turibdi. YеIning sanksiyalar paketi Budapesht tomonidan doimiy ravishda tanqid qilib kelinadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyadan YеIdagi so‘nggi hamkori ham yuz o‘girmoqchi | Zamon.uz