Xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi
Ariza beruvchi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ariza yuboradi.

Arizaga, jumladan, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- mahsulot yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan import shartnomalari;
- tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki ma’lumot.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Reyestrga kiritish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov qiymati har bir import shartnoma summasining, qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha – qo‘shimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun BHMning 5 barobari (1,5 mln so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.







