Amerikalik ayol uyida 20 yil alligator boqqani aniqlandi
U yirtqich tuxumini hayvonot bog‘idan o‘g‘irlagan.

AQSHning Texas shtatida yashovchi ayol o‘z hovlisida ikki metrli alligatorni noqonuniy ravishda o‘stirib, yigirma yil davomida uni boqib kelgan.
Shtat yovvoyi tabiatni muhofaza qilish idoralari xodimlari yirtqichni boshqa ishni tergov qilayotganda topdilar. Alligatorning egasi 20 yil oldin “Animal Vorld & Snake Farm”da ko‘ngilli bo‘lib ishlagan vaqtida hayvonot bog‘idan tuxum o‘g‘irlaganini tan oldi.
“Alligatorlar uyasida 50-60 ta tuxum bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kimdir tuxumni hech kim sezmasdan osongina uyiga olib ketishi mumkin”, — deya tushuntiradi hayvonot bog‘i xodimi Jarrod Fortman.
Alligatorni noqonuniy saqlagani uchun ayol ming dollargacha jarimaga tortiladi.
Yirtqich bog‘ga qaytarildi. Tuxumni o‘g‘irlash ayblovi muddati tugagan, shuning uchun ayol istagan vaqtida alligatorni ko‘rgani kelishi mumkin.








