Prigojin yana o‘q-dorilar yo‘qligidan shikoyat qildi
U Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qildi.

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi egasi Yevgeniy Prigojin yana RF Mudofaa vazirligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik oddiy armiyani ham, xususiy harbiy kompaniyalarni ham o‘q-dori bilan taʼminlay olmayapti.
Prigojinning bayonotlari Rossiya vazirligining rasmiy xabarlariga zid: ular harbiy xizmatchilarning Ukrainada urush olib borish uchun yetarlicha o‘q-dori va texnikaga ega ekanligini daʼvo qilmoqda.
G‘arb razvedka xizmatlari va harbiy ekspertlarning fikricha, Rossiya armiyasining resurslari tugash arafasida. Natijada uning frontdagi muvaffaqiyatsizliklari ko‘payib bormoqda.







