O'zbekiston

Toshkentda 3 ta avtomashina YTHga uchradi

Hodisa oqibatida vafot etganlar bor.

Toshkentda 3 ta avtomashina YTHga uchradi

 

Bugun, 11-mart kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, avtohalokat soat 13:00 larda 13:00 larda Olmazor tumanining Ahmad Donish ko‘chasidagi «Taxtapul» ko‘prigi ustida yuz bergan. Haydovchi — 2002 yilda tug‘ilgan S.Yu. Changan rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi — 1981 yilda tug‘ilgan B.K.ga tegishli Matiz rusumli avtomashinani bilan to‘qnashuv sodir etgan. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi — 1984 yilda tug‘ilgan F.X.ning Cobalt rusumli avtomashinasiga borib urilgan.

 

YTH oqibatida Matiz avtomashinasi yo‘lovchilari —1984 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug‘ilgan A.G‘. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda 3 ta avtomashina YTHga uchradi | Zamon.uz