Xitoy bosh vaziri o‘zgardi
Li Kesyan lavozimini tark etdi. Yangi hukumat rahbari Si Szinpin bilan uzoq yillar birga ishlagan.

Li Syan XXRning yangi bosh vaziriga aylandi. Uning nomzodi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan.
Syan 63 yoshda, u 5 yil muddatga tayinlangan. U Li Kesyan o‘rniga hukumat rahbari bo‘ldi. Yangi bosh vazir texnologiyalar va iqtisodiy sektordan chiqqan. O‘tgan yili oktyabrida siyosatchi XKP Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi doimiy komitetiga kirgan.
Li Syan Chjeszyan provinsiyasida tug‘ilgan va faoliyatining katta qismi shu yerda o‘tgan. Aynan shu provinsiyada 2003-2007 yillarda Si Szinpin partiya qo‘mitasi kotibi bo‘lgan.
Syan 2017-2022 yillarda Shanxay shahrida partiya qo‘mitasi kotibi lavozimida ishlagan.
Kecha Si Szinpin 3-muddat XXR Raisligiga saylangandi.







