Gabriel Jezus qachon maydonga tushadi?
Bunga Mikel Arteta javob berdi.

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Gabriel Jezusning salomatligi haqida gapirdi.
“Gebi jarohatdan tezroq tiklanishga harakat qildi, ammo mashg‘ulotlarni boshlaganida ham unga vaqt kerak. U o‘zini ishonchli his qilishi, tayyor bo‘lishi kerak. Jezus tayyor bo‘lishi bilanoq maydonga tushadi”, — deya Artetaning so‘zlaridan Sky Sports nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Jezus Braziliya terma jamoasi tarkibida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida jarohat olgandi. Jezus joriy mavsum “Arsenal” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.








